» » YChL. 7 ta gol urilgan o‘yinda “Man Siti” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, biroq 1/2 finalga chiqa olmadi (video)

YChL. 7 ta gol urilgan o‘yinda “Man Siti” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, biroq 1/2 finalga chiqa olmadi (video)


17-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinlari doirasida “Manchester Siti”—“Tottenhem” bahsi yakuniga yetdi.

Dramatik kechgan bahsda 7 ta gol urildi. “Siti” safida Rahim Sterling 4, 21-daqiqalarda dublga erishgan bo‘lsa, Bernardu Silva 11-daqiqadada, Serxio Aguero esa 59-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. “Shporlar” safida esa Son Hyon Min 7 hamda 10-daqiqada ikkita gol urib, dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Fernando Lyorente 73-daqiqada jamoasini yarim finalga olib chiqqan golga mualliflik qildi.

Shu tariq “Tottenhem” mehmonda urilgan gollar evaziga (umumiy hisob 4:4) “Siti”ni chorak finalda qoldirib, yarimf final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi jamoa final yo‘llanmasi uchun “Ayaks” bilan bahs olib boradi.

YChL

1/4 final bahslari

17-aprel, chorshanba

Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 1:1 – 7 Son Hyon Min, 1:2 – 10 Son Hyon Min, 2:2 – 11 Bernardu Silva, 3:2 – 21 Sterling, 4:2 – 59 Aguero, 4:3 – 73 Lyorente.

“Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Kompani, Laport, Mendi (Sane, 84), Silva (Fernandinyo, 63), de Bryuyne, Gyundogan, Bernardu Silva, Aguero, Sterling.

“Tottenhem” – Lyoris, Tripper, Alderveyreld, Vertongen, Rouz (Sanches, 90), Vanyama, Sissoko (Lorente, 41), Alli, Eriksen, Son Hyon Min, Lukas Moura (Devis, 82).

Ogohlantirishlar: Sissoko (41), Son Hyon Min (48), Rouz (54), Vanyama (77).

Birinchi o‘yin – 0:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют