» » YChL. “Liverpul” “Portu”ni yirik hisobda taslim qilib, yarim finalga chiqdi (video)

YChL. “Liverpul” “Portu”ni yirik hisobda taslim qilib, yarim finalga chiqdi (video)


17-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinlari doirasida “Portu”—“Liverpul” bahsi yakuniga yetdi.

Bellashuvda hisob 26-daqiqada Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng Sadio Mane tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Saloh ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Yangi mavsumni “Real” safida boshlaydigan Eder Militao esa 68-daqiqada “Portu”ning mazkur qarama-qarshilikdagi yagona goliga mualliflik qildi. 77-daqiqada Roberto Firmino, 84-daqiqada esa Virjil van Deyk bittadan gol urib, hisob yirik ko‘rinish olishini ta’minladi.

Shu tariqa “Liverpul” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Portu”ni 6:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Endi Yurgen Klopp shogirdlari final yo‘llanmasi uchun “Barselona” bilan kurash olib boradi.

YChL 1/4 final bahslari 17-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Saloh, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.

“Portu” – Kasilyas, Eder Militao, Felipe, Pepe, Telles, Otavio (Soares, 46), Danilu Pereyra, Errera, Korona (Fernando, 78), Marega, Braimi (Brunu Koshta, 81).

“Liverpul” – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 66), Matip, van Deyk, Robertson (Henderson, 71), Milner, Veynaldum, Fabinyo, Saloh, Mane, Origi (Firmino, 46).

Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36)

Birinchi bellashuv — 0:2.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют