» » YChL. “Liverpul” safarda “Bavariya”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video)

YChL. “Liverpul” safarda “Bavariya”dan ustun keldi va 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (video)


13-mart, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob o‘yinida “Bavariya” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmon jamoa — “Liverpul” 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Yurgen Klopp shogirdlaridan Sadio Mane (2 ta), Virjil van Deyk o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishning uddasidan chiqqan bo‘lsa, “Bavariya”ning javob goli Joel Matip hisobiga yozildi. Matip o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, avtogol sohibi bo‘ldi.

Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan “Liverpul” musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

YChL

1/8 final javob o‘yini

Gollar: 0:1 – 26 Mane, 1:1 – 39, avtogol Matip, 1:2 – 69 van Deyk, 1:3 – 84 Mane.

Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Rafinya, Hummels, Martines (Goretska, 72), Alkantara, Xames (Sanshesh, 79), Gnabri, Riberi (Koman, 61), Levandovski.

Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner (Lallana, 87), Henderson (Fabino, 13), Veynaldum, Mane, Saloh, Firmino (Origi, 83).

Ogohlantirishlar: Fabinyo (43), Matip (63), Alkantara (65), Sanshesh (83), Robertson (90).?

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют