» » YChL. “Manchester Siti” “Shalke-04” darvozasiga javob 7 ta gol urib, 1/4 finalga yo‘l oldi (video)

YChL. “Manchester Siti” “Shalke-04” darvozasiga javob 7 ta gol urib, 1/4 finalga yo‘l oldi (video)


12-mart, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yini doirasida “Manchester Siti” jamoasi “Ittihod” stadionida Germaniyaning “Shalke-04” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvda Serxio Aguero (penalti, 35, 38), Leroy Sane (42), Rahim Sterling (56), Bernardu Silva (71), Fil Foden (78), Gabriel Jezus (84) ning urgan gollari “shaharliklar”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (7:0).

Shu tariqa “Siti” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, “Shalke-04” klubini yirik 10:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning 1/4 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

YChL

1/8 final bahslari

12-mart, seshanba

Gollar: 1:0 — 35, penalti, Aguero, 2:0 — 38 Aguero, 3:0 — 42 Sane, 4:0 — 56 Sterling, 5:0 — Bernardu Silva, 6:0 — 78 Foden, 7:0 — 84 Jezus

“Manchester Siti”: Ederson, Danilo, Lyaport (Delf, 72), Uoker, Zinchenko, Gundo‘g‘an, Silva (Foden, 64), Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero (Gabriel Jezus, 64).

“Shalke-04”: Fermann, Sane, Stambuli, Bruma, Konoplyanka, Ochipka, Serdar, Bentaleb, Makkenni (Mendil, 74), Embolo (Skribski, 69), Burgshtaller.

Ogohlantirishlar: Bruma (33), Danilo (48), Zinchenko (69).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют