» » YChL. “Ayaks” sensatsion tarzda “Yuventus” va Ronalduni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi (video)

YChL. “Ayaks” sensatsion tarzda “Yuventus” va Ronalduni mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi (video)


16-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali javob o‘yinlari doirasida “Yuventus”—“Ayaks” bahsi yakuniga yetdi.

Bellashuvda hisob 28-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. Portugaliyalik hujumchi boshi bilan zarba berib, Onana qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Donni Van de Bek hisobni tenglashtirishga erishdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa “Ayaks” sardori Matteys de Ligt “Yuventus” darvozasiga jamoasining mehmondagi ikkinchi golini joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “Ayaks” sensatsion tarzda “Yuventus”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi Amsterdam jamoasi yarim finalda “Manchester Siti”—“Tottenhem” qarama-qarshiligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

YChL

1/4 final bahsi

16-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.

“Yuventus” – Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Jan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).

“Ayaks” – Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyosh (Huntelar, 88), Tadich, Shyone, Neres, de Yong.

Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют