» » YChL. “Manchester Yunayted” bugun “Barselona”ni qabul qiladi, “Yuventus” esa “Ayaks” mehmoni bo‘ladi

YChL. “Manchester Yunayted” bugun “Barselona”ni qabul qiladi, “Yuventus” esa “Ayaks” mehmoni bo‘ladi


10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Ayaks” bilan bahsga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, turinliklar musobaqa 1/8 finalida “Atelito Madrid”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, “Ayaks” amaldagi champion “Real Madrid”ni 5:3 hisobida taslim qilgandi.

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan jang qiladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” nimchorak finalda Parijning PSJ klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mehmonda urilgan gollar evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (3:1, 0:2). Kataloniyaliklar esa Fransiyaning boshqa bir jamoasi “Lion”ni yirik hisobda taslim qilgandi (5:1).

YChL

1/4 final bahslari

10-aprel, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют