» » APL. “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Antoni Marsyaldan het-trik

APL. “Manchester Yunayted” yirik hisobda g‘alaba qozondi. Antoni Marsyaldan het-trik


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 31-turida “Manchester Yunayted” 24-iyun, chorshanba kuni “Sheffild Yunayted”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Markus Reshfordning uzatmasidan so‘ng Antoni Marsyal hisobni ochdi. 44-daqiqada fransiyalik futbolchi dublini nishonlab, ikkinchi golni urdi. 74-daqiqada Antoni jamoasining ajoyib kombinatsiyasini chiroyli gol bilan yakunladi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” futbolchisi 7 yil deganda birinchi marta het-trik qayd etdi. Aleks Fergyuson ketgandan keyin jamoaning birorta futbolchisi Premyer Liga doirasida het-trik qayd etmagandi.

Ushbu g‘alabadan keyin manchesterliklar ochkolarini 49 taga yetkazib oldi va 5-pog‘onaga joylashgan. Ole-Gunnar Sulsher jamoasi bitta zaxira o‘yini mavjud “Chelsi”dan 2 ochkoga ortda qolmoqda. “Sheffild” (44) esa 5-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatni qo‘ldan chiqardi va 8-pog‘onada qoldi.

Parallel kechgan bahslarda “Everton” Maykl Kinning yagona goli evaziga “Norvich”ni mag‘lub etdi. “Vulverhemton” esa “Bornmut” ustidan minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Nyukasl” va “Aston Villa” jamoalari murosa yo‘lini tanladi.

APL

31-tur bahslari

24-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 – 7 Marsyal, 2:0 – 44 Marsyal, 3:0 – 74 Marsyal.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Pogba (Pereyra, 80), Brunu Fernandesh (Maktominay, 80), Matich, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Mata, 81), Reshford (Jeyms, 80).

“Sheffild Yunayted”: Mur, Stivens, Jagelka, Bashem, Boldok, Landstrem, Flek, Norvud (Berge, 46), Robinson, Musse (Makberni, 46), Makgoldrik (Jivkovich, 64).

Ogohlantirish: Shou (67).

Gollar: 1:0 – 68 Geyl, 1:1 – 83 Al-Muhammadi.

Gol: 0:1 – 55 Kin.

Gol: 1:0 – 60 Ximenes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют