» » APL. “Manchester Yunayted” “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turida “Manchester Yunayted” 23-fevral, yakshanba kuni “Uotford”ni qabul qildi.

“Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “qizil iblislar” yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Brunu Fernandesh penaltini aniq amalga oshirgan holda “Manchester Yunayted”dagi debyut golini urdi.

58-daqiqada Fernandeshdan uzatma qabul qilib olgan Antoni Marsyal darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va jamoasining ikkinchi golini urdi. 70-daqiqada Meyson Grinvud jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, darvozaning to‘qqizlik burchagini aniq nishonga oldi. Unga samarali uzatmani Fernandesh amalga oshirib berdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ochkolarini 41 taga yetkazib olgan holda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Parallel kechgan bahsda “Vulverhemton” o‘z maydonida “Norvich”ni yirik hisobda taslim etdi.

APL

27-tur bahslari

23-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 42, penalti Brunu Fernandesh, 2:0 — 58 Marsyal, 3:0 — 75 Grinvud.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelyof, Shou, Matich, Fred (Maktominay, 79), Brunu Fernandesh, Jeyms, Marsyal (Igalo, 80), Grinvud (Chong, 80).

“Uotford”: Foster, Ketkart, Douson, Mazina, Kabasele, Hyuz, Kapu, Pereyra (Sarr, 69), Dukure (Kleverli, 80), Dini (Uelbek, 76), Deulofeu.

Ogohlantirishlar: Ketkart (67).

Gollar: 1:0 — 19 Diogu Jota, 2:0 — 30 Diogu Jota, 3:0 — 50 Ximenes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют