» » APL. “Manchester Yunayted” o‘z uyida “bo‘rilar”ni yenga olmadi

APL. “Manchester Yunayted” o‘z uyida “bo‘rilar”ni yenga olmadi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 25-turida “Manchester Yunayted” 1-fevral, shanba kuni “Vulverhempton” bilan bahs yuritdi.

“Old Trafford”da kechgan bahsda jamoalar nursiz durang qayd etdi. Mazkur bahsda bir necha kun avval “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgan Brunu Fernandesh debyut qildi.

Ushbu durangdan keyin mankunianlar 35 ochko bilan oltinchi o‘ringa tushib ketdi. “Bo‘rilar” (35) ham beshinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

APL

25-tur bahslari

1-fevral, shanba

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Lindelyof, Jeyms (Diogu Dalot, 88), Pereyra (Grinvud, 72), Brunu Fernandesh, Mata (Lingard, 88), Marsiyal, Fred.

“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Doerti, Boli, Koudi, Kastro, Moutinyu, Saiss, Ruben Nevesh, Traore (Podense, 76), Diogu Jota (Netu, 70), Himenes (Dendonker, 90).

Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (55), Ruben Nevesh (57), Moutinyu (71), Lindelyof (79), Shou (84).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют