» » Angliya Kubogi. Mataning goli “Manchester Yunayted”ga “bo‘rilar” ustidan g‘alaba keltirdi

Angliya Kubogi. Mataning goli “Manchester Yunayted”ga “bo‘rilar” ustidan g‘alaba keltirdi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 3-turi doirasida 15-yanvar, chorshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Vulverhempton”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 67-daqiqada urildi. Unga “qizil iblislar” yarim himoyachisi Xuan Mata mualliflik qildi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, “mankunianlar” navbatdagi turda “Uotford” hamda “Tranmer” klublari o‘rtasida kechadigan bahs g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Kubogi

3-tur bahsi

15-yanvar, chorshanba

Gol: 1:0 — 67 Mata

“Manchester Yunayted”: Romero, Uilyams, Maguayr, Lindelef, Uan-Bissaka, Matich, Jeyms (Reshford, 64; Lingard, 80), Fred, Mata, Marsyal, Grinvud (Pereyra, 64)

“Vulverhempton”: Raddi, Doerti, Kastro (Ruben Vinagre, 75), Koudi, Saiss, Ruben Nevesh, Dendonker, Netu (Gibbs-Uayt, 71), Moutinyu, Traore (Buur, 88), Ximenes

Ogohlantirishlar: Fred (37), Netu (59), Maguayr (74), Dendonker (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют