» » APL. “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 13-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” mehmonda “Sheffild Yunayted”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Jon Flek (19), Lis Musse (52) va Oliver Makberni (90) David De Xea qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, “qizil iblislar”dan Brendon Uilyams (72), Meyson Grinvud (77) hamda Markus Reshford (79) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa o‘yin 3:3 hsiobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, manchesterliklar 17 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. “Sheffild Yunayted” esa 18 ochko bilan 6-pog‘onani band qilib turibdi.

APL

13-tur bahsi

24-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 19 Flek, 2:0 — 52 Musse, 2:1 — 72 Uilyams, 2:2 — 77 Grinvud, 2:3 — 79 Reshford, 3:3 — 90 Makberni

“Sheffild Yunayted”: Mur, Stivens, Bashem (Robinson, 83), O‘Konnell, Boldok, Norvud, Flek, Landstrem, Jagelka, Musse (Makberni, 68), Makgoldrik (Sharp, 78)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Uilyams, Jeyms, Pereyra (Grinvud, 73), Marsyal (Tuanzebe, 85), Fred, Jons (Lingard, 46), Reshford

Ogohlantirishlar: Uilyams (50), Landstrem (51), Uan-Bissaka (60)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют