» » APL. “Chelsi” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Manchester Yunayted” esa so‘nggi o‘rindagi jamoa bilan durang o‘ynadi (video)

APL. “Chelsi” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Manchester Yunayted” esa so‘nggi o‘rindagi jamoa bilan durang o‘ynadi (video)


4-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 37-turi doirasida 2 ta o‘yin yakunlandi.

Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Uotford”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida London klubi o‘yinchilari Ruben Loftus-Chik (48), David Luis (51), Gonsalo Iguain (75) urgan gollar “aristokratlar”ning g‘alabasini ta’minladi (3:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng londonliklar 71 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Uotford” esa 50 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi safarda “Haddersfild”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 8-daqiqasida Skott Maktominay hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Isaak Mbensa hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa “qizil iblislar” mehmonda kechgan bahsda “Haddersfild” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Ma’lumot uchun, “mankunianlar” 66-ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-pog‘onani band qilib turgan bo‘lsa, “Haddersfild” esa 15 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy olgan.

APL

37-tur bahslari

Gollar: 1:0 — 48 Loftus-Chik, 2:0 — 51 David Luis, 3:0 — 75 Iguain

Gollar: 0:1 — 8 Maktominay, 1:1 — 60 Mbensa

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют