» » APL. Manchester Yunayted oz maydonida Chelsini yuta olmadi (video)

APL. Manchester Yunayted oz maydonida Chelsini yuta olmadi (video)


28-aprel, yakshanba kuni futbol boyicha Angliya Premyer ligasi 36-turining markaziy uchrashuvida Ole-Gunnar Sulsher qol ostidagi Manchester Yunayted Old Trafford stadionida Mauritsio Sarri boshliq Chelsi klubi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 11-daqiqasida qizil iblislar yarim himoyachisi Xuan Mata Kepa Arrisabalaga darvozasiga gol urgan bolsa, 43-daqiqaga kelib aristokratlar himoyachisi Markos Alonso hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa oyin durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bolishib oldi.

Mazkur bahsdan song mankunianlar 64 ochko toplab, musobaqa jadvalida 6-orinni egallab turibdi. Chelsi hisobida esa 67 ochko mavjud va jamoa 4-pogonada bormoqda.

36-turdan song musobaqa jadvalidagi holat:

APL

36-tur bahslari

28-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 11 Mata, 1:1 43 Alonso

Manchester Yunayted: De Xea, Lindelyof, Bayi (Roxo, 71), Yang, Shou, Pogba, Matich, Mata (Maktominay, 81), Errera, Reshford (Sanches, 65), Lukaku

Chelsi: Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Ryudiger (Kristensen, 65), Aspilikueta, Kante, Kovachich (Loftus-Chik, 76), Azar, Jorjinyo, Villian (Pedro, 84), Iguain.

Ogohlantirishlar: Errera (43), Villian (52), Kovachich (53), Roxo (80), Yang (89)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (28-04-2019, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -