» » APL. “Manchester Yunayted” javobsiz 4 ta gol o‘tkazib, “Everton”ga yutqazdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” javobsiz 4 ta gol o‘tkazib, “Everton”ga yutqazdi (video)


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 35-turida Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Liverpul klubi a’zolari Risharlison (13), Gilfi Sigurdsson (28), Lyuka Din (56) hamda Teo Uolkott (64) tomonidan urilgan gollar “Everton”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa “mankunianlar” navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “qizil iblislar” 64 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Everton” hisobida esa 49 ochko mavjud va jamoa 7-o‘rinni egallagan.

APL

35-tur bahsi

21-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 13 Risharlison, 2:0 — 28 Sigurdsson, 3:0 — 56 Din, 4:0 — 64 Uolkott

“Everton”: Pikford, Koulmen, Kin, Zuma, Din (Jagelka, 85), Shnayderlin, Gueyye (Makkarti, 76), Risharlison (Uolkott, 51), Sigurdsson, Bernard, Kalvert-Levin

“Manchester Yunayted”: de Xea, Lindelyof, Smolling, Jons (Yang, 46), Dalot, Pogba, Matich, Fred (Maktominay, 46), Reshford (Pereyra, 77), Lukaku, Marsiyal

Ogohlantirishlar: Gueyye (23), Maktominay (68)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют