» » APL.“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub etdi, Jezusdan dubl (video)

APL.“Manchester Siti” “Everton”ni mag‘lub etdi, Jezusdan dubl (video)


15-dekabr shanba kuniga belgilangan futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 17-tur ilk uchrashuvi yakuniga yetdi.

Unda “Manchester Siti” jamoasi o‘z maydonida “Everton”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Gabriel Jezus dublga erishdi. Yana bir golni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Rahim Sterling kiritdi. Mehmonlarning yagon javob goli esa Dominik Kelvert-Lyuyin hisobiga yozildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” 44 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mag‘lub bo‘lgan “Everton” esa 24 ochko bilan 7-o‘rinni band etib turibdi.

APL

17-tur o‘yinlari

15-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 – 22 Gabriel Jezus, 2:0 – 50 Gabriel Jezus, 2:1 – 65 Kelvert-Lyuin, 3:1 – 69 Sterling.

“Manchester Siti” – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Gundog‘an, Fernandinyo, Mahrez (de Bryuyne, 75), Bernardu Silva, Sane (Sterling, 66), Gabriel Jezus.

“Everton” – Pikford, Kin, Zuma, Din, Mina, Bernard (Lukman, 57), Andre Gomesh, Risharlison, Sigurdsson (Devis, 81), Koulmen (Uolkott, 57), Kelvert-Lyuin.

Ogohlantirishlar: Din (19), Delf (76), Kelvert-Lyuin (76)

Jezusning 1-goli

Jezusning 2-goli

Sterlingning goli

Kelvert-Lyuinning goli

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют