» » APL. Bir kishi kam o‘ynagan “Everton” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, 50 mln funtga sotib olingan Risharlison 2 ta gol urdi

APL. Bir kishi kam o‘ynagan “Everton” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, 50 mln funtga sotib olingan Risharlison 2 ta gol urdi


Angliya premyer-ligasi 1-turi doirasida 11-avgust sanasidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv yakuniga yetdi.

APLga qaytgan “Vulverhemton” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qildi. Bellashuvda hisob “Everton”ning yangi a’zosi Risharlison tomonidan 17-daqiqada ?ochildi. O‘yinning 40-daqiqasida Fil Jagyelka qizil kartochka olib maydonni tark etdi. “Vulver” esa imkoniyatdan foydalanib, 44-daqiqada Ruben Neveshning ajoyib zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa bir kishi kam bo‘lib qolgan “Everton” hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi yana Risharlison bo‘ldi. 80-daqiqada Raul Ximenes “bo‘rilar”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etdi.

Mavzuga doir:  APL. “Tottenhem” qiyinchilik bilan “Nyukasl”ni mag‘lub etdi, “Chelsi” “Haddersfild”ni mehmonda tor-mor etdi (video)

1-tur uchrashuvlari ertaga davom ettiriladi.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

11- avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 17 Risharlison, 1:1 – 44 Ruben Nevesh, 1:2 – 67 Risharlison, 2:2 – 80 Ximenes.

“Vulverxempton”: Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 76), Bennett, Diogu Jota, Moutinyo (Gibbs-Uayt, 85), Elder Koshta (Leo Bonatini, 71), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.

“Everton”: Pikford, Jagyelka, Beyns, Koulmen, Kin, Sigurdsson (Xolgeyt, 43), Guye, Uolkott, Shnayderlin, Risharlison (Din, 86), Tosun (Nyasse, 81).

Ogohlantirishlar: Risharlison (14).

Chetlatish: Jagyelka (40).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют