» » APL. “Tottenhem” qiyinchilik bilan “Nyukasl”ni mag‘lub etdi, “Chelsi” “Haddersfild”ni mehmonda tor-mor etdi (video)

APL. “Tottenhem” qiyinchilik bilan “Nyukasl”ni mag‘lub etdi, “Chelsi” “Haddersfild”ni mehmonda tor-mor etdi (video)


Angliya premyer-ligasida yangi mavsumga start berildi. 2018/19-yilgi mavsumni “Manchester Yunayted” va “Lester” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib berdi. “Old Trafford” mezbonlik qilgan 1-tur uchrashuvida Joze Mourinyo shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bugun 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Tur doirasida 6 uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Shulardan beshtasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Rafa Benites boshchiligidagi “Nyukasl”, Maurisio Pochettino rahbarligidagi “Tottenhem”ga qarshi kurash olib bordi. Bahs 1:2 hisobida “shporlar” foydasiga hal bo‘ldi. “Tottenhem”ning gollari Yan Vertongen va Dele Alli nomiga yozilgan bo‘lsa, “Nyukasl”ning javob goli Xoselu tomonidan kiritildi.

Yangi bosh murabbiy — Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” mehmonda “Haddersfild”ga qarshi maydonga tushib, yirik 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. “Aristokratlar”ning gollari Ngolo Kante, Jorjinyo hamda Pedro Rodriges tomonidan kiritildi.

Yana bir uchrashuvda APLga qaytgan “Vulverhemton” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qiladi. Uchrashuvni 21:30 dan boshlab Futbol-TV jonli translyatsiya qilishni boshlaydi.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

11- avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 8 Vertongen, 1:1 – 11 Xoselu, 1:2 – 18 Alli.

Gollar: 1:0 – 24 Freyzer, 2:0 – 90 Uilson.

Gollar: 0:1 – 41 Shlupp, 0:2 – 79 Zaa.

Gollar: 0:1 – 34 Kante, 0:2 – 45, penalti Jorjinyo, 0:3 – 80 Pedro.

Gollar: 1:0 – 35 Pereyra, 2:0 – 54 Pereyra.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют