» » “Manchester Yunayted” “Tottenhem” ustidan irodali g‘alabaga erishib, Angliya kubogi finaliga chiqdi (video)

“Manchester Yunayted” “Tottenhem” ustidan irodali g‘alabaga erishib, Angliya kubogi finaliga chiqdi (video)


21-aprel sanasida Angliya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan dastlabki juftlik bahsi bo‘lib o‘tdi.

Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted” final yo‘llanmasi uchun Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Dele Alli gol urib, “shporlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 24-daqiqaga kelib, MYU a’zosi Aleksis Sanches hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Ander Errera gol urib, “Manchester Yunayted”ga nafaqat g‘alaba, balki final yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi esa “Chelsi” hamda “Sautgempton” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Angliya kubogi

1/2 final bellashuvlari

21-apre, shanba

Gollar: 0:1 – 11 Alli, 1:1 – 24 Sanches, 2:1 – 62 Errera.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Jons, Smolling, Valensiya (Darmian, 80), Yang, Pogba, Matich, Lingard (Reshford, 83), Errera, Sanches (Fellayni, 90), Lukaku.

“Tottenhem”: Vorm, Sanches, Devis (Lukas Moura, 68), Trippyer, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 78), Dayer, Alli, Son Xyon Min (Lamela, 86), Keyn.

Ogohlantirishlar: Valensiya (27), Son Xyon Min (28), Alli (50), Yang (71), Dayer (81), Reshford (85), Errera (90).

22-aprel, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют