» » Angliya kubogi. Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Manchester Yunayted” “Brayton”ni mag‘lub etib, ikkinchi yarim finalchiga aylandi

Angliya kubogi. Chempionlar ligasidan chiqib ketgan “Manchester Yunayted” “Brayton”ni mag‘lub etib, ikkinchi yarim finalchiga aylandi


Kecha “Suonsi”ni mag‘lubiyatga uchratgan Maurisio Pochettino shogirdlari “Tottenhem” Angliya kubogining dastlabki yarim finalchisiga aylangan edi. Tunda bo‘lib o‘tgan “Manchester Yunayted” — “Brayton” uchrashuvida esa ikkinchi yarim finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Angliya kubogi. “Tottenhem” “Suonsi”ni yirik hisobda taslim qilib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi

O‘yinda Joze Mourinyo shogirdlari 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishga erishdi. Gollar Romelu Lukaku hamda Nemanya Matich tomonidan kiritildi. Shu tariqa YeChLda “Sevilya”dan mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan “mankunian”lar Angliya kubogining yarim finaliga chiqishni uddaladi.

Angliya kubogi

1/4 final bellashuvi

17-mart, shanba

Gollar: 1:0 – 37 Romelu Lukaku. 2:0 — 83 Nemanya Matich.

Bugun yarim finalning yana ikki ishtirokchisi aniqlanadigan bahslar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda “Uigan” va “Sautgempton”, shuningdek, “Lester” — “Chelsi” juftliklari Angliya kubogi yarim finali yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.

Angliya kubogi

1/4 final bellashuvlari

18-mart, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют