» » “Sevilya”ga qarshi o‘yin oldidan Lukakuning dubli “Yunayted”ni Angliya Kubogida chorak finalga olib chiqdi

“Sevilya”ga qarshi o‘yin oldidan Lukakuning dubli “Yunayted”ni Angliya Kubogida chorak finalga olib chiqdi


“Manchester Yunayted” futbol klubi Angliya Kubogining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Joze Mourinyo shogirdlari “Xaddersfild” maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi. Belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning 2 ta goliga mezbonlar javob qaytara olmadi. Gollarga Xuan Mata va Aleksis Sanches kabi yetakchilar pas berdi.

“Yunayted” APLdagi ilk mag‘lubiyatini aynan “Xaddersfild”dan qabul qilib olgan bo‘lib, keyinroq o‘z maydonida buning uchun o‘ch olgandi. Endi esa chempionatning debyutant klubi Angliya Kubogi uchun kurashdan chiqib ketdi.

Kecha “Sautgempton” va “Brayton” klublari ham navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. “Suonsi” esa chorak final masalasini javob o‘yini orqali hal qilishiga to‘g‘ri keladi.

Angliya Kubogi

1/8 final

17-fevral, shanba

Gollar: Uesli Xudt, 11 (0:1). Dushan Tadich, 56 (0:2). Xose Salomon Rondon, 58 (1:2).

Gollar: Yurgen Lokadiya, 15 (1:0). Konnor Goldson, 34 (2:0). Leonardo Ulloa, 61 (3:0). Jonson Klark-Xarris, 77 (3:1).

Gollar: Romelu Lukaku, 3 (0:1). Romelu Lukaku, 55 (0:2).

18-fevral, yakshanba

“Rochdeyl” — “Tottenhem”

19-fevral, dushanba

“Uigan” — “Manchester Siti”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют