» » JCh—2018 saralashi arafasida Son Xyon Mindan xet-trik. “Tottenhem” ham Angliya kubogi yarim finalida

JCh—2018 saralashi arafasida Son Xyon Mindan xet-trik. “Tottenhem” ham Angliya kubogi yarim finalida


Angliya kubogining yarim finaliga “Arsenal” hamda “Manchester Siti” klublari yo‘l olib, final oldidan o‘zaro raqibga aylangandi. Endi ular yoniga Londonning “Tottenhem” klubi ham qo‘shildi.

Chorak finalni quyi liga vakili hisoblangan “Milluoll”ga qarshi o‘tkazgan Maurisio Pochettino jamoasi 6:0 hisobida ustun keldi. Gollarning 3 tasiga Janubiy Koreya termasi a’zosi Son Xyon Min mualliflik qildi.

Qayd etish kerak, Janubiy Koreya 23-mart kuni JCh—2018 yo‘lida Marchello Lippi boshchilik qilayotgan Xitoy termasi mehmoni bo‘ladi.

Shu tariqa chorak final doirasida faqatgina 1 ta o‘yin qoldi. Unda “Chelsi” o‘z maydonida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qiladi.

Angliya kubogi
Chorak final
12-mart, yakshanba

Gollar: Kristian Eriksen, 31 (1:0). Son Xyon Min, 41 (2:0). Son Xyon Min, 54 (3:0). Dele Alli, 72 (4:0). Vinsent Yanssen, 79 (5:0). Son Xyon Min, 90 (6:0).

Опубликовано: admin (13-03-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют