» » APL. “Manchester Yunayted” safarda “Vulverhempton”ga yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda “Vulverhempton”ga yutqazib qo‘ydi (video)


2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 33-tur bahslariga start berildi.

Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi safarda “Vulverhempton” bilan kurash olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida “qizillar” yarim himoyachisi Skott Maktominay raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib “bo‘rilar” a’zosi Diogo Jota hisobni tenglashtirdi (1:1). 57-daqiqada Eshli Yang ikkinchi sariq jartochkasini olib maydonni erta tark etdi. 77-daqiqada esa Kris Smolling o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:2). Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda kechgan o‘yinda “Vulverhempton”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

APL

33-tur bahslari

2-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 — 23 Dukure, 1:1 — 33 Babel, 2:1 — 63 Hyuz, 3:1 — 69 Dini, 4:1 — 75 Kiko

Gollar: 0:1 — 13 Maktominay, 1:1 — 25 Yota, 2:1 — 77, avtogol, Smolling

“Vulverhemton”: Patrisiu, Bennett, Kodi, Boli, Doerti, Dendonker, Neves (Saiss, 84), Moutinyo, Vinagre (Kastro, 76), Himenes, Jota (Kavaleyru, 73)

“Manchester Yunayted”: de Xea, Yang, Smolling, Lindelyof, Dalot (Pereyra, 84), Maktominay, Fred (Jons, 65), Pogba, Shou, Lingard, Lukaku (Marsiial, 73)

Ogohlantirishlar: Shou (38), Dalot (42), Yang (52, 57), Kastro

Chetlatish: Yang (57)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют