» » Angliya Kubogi. Agueroning goli “Man Siti”ga g’alaba keltirdi, “Man Yunayted” esa musobaqani tark etdi (video)

Angliya Kubogi. Agueroning goli “Man Siti”ga g’alaba keltirdi, “Man Yunayted” esa musobaqani tark etdi (video)


16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/4 finali bahslariga start berildi.

Angliya premyer ligasida yetakchilik qilayotgan “Manchester Siti” safarda “Suonsi”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 20-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Mett Grayms hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqaga kelib Bersant Selina hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

2-bo‘limning 69-daqiqasida Bernardu Silva Serxio Aguero uzatgan to‘pni “Suonsi” darvozasiga joylab qo‘ydi va oradagi farqni qisqartirdi (2:1). 78-daqiqada esa Kristoffer Nordfeldt o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi, natijada hisob tenglashdi (2:2). Oradan 10 daqiqa o‘tib “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa “shaharliklar” qiyin kechgan bahsda “Suonsi”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi mehmonda “Vulverhempton” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvda Raul Himenes (70) va Diogo Yota (76) tomonidan kiritilgan gollarga manchesterliklar Markus Reshfordning (90-daqiqada) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “qizil iblislar” musobaqaning chorak finalida “bo‘rilar”ga yutqazib qo‘ydi va keyingi bosqichga chiqa olmadi (1:2).

Angliya Kubogi

16-mart, shanba

Gollar: 1:0 — 27 Kapu, 1:1 — 62 Batshuayi, 2:1 — 79 Gray

Gollar: 1:0 — 20 Grayms, 2:0 — 29 Selina, 2:1 — 69 Bernardu Silva, 2:2 — 78, avtogol, Nordfeldt, 2:3 — 88 Aguero

Gollar: 1:0 — 70 Himenes, 2:0 — 76 Yota, 2:1 — 90 Reshford

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют