» » APL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Manchester Yunayted” yutdi, “Manchester Siti”da ham g‘alaba (video)

APL. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Manchester Yunayted” yutdi, “Manchester Siti”da ham g‘alaba (video)


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 29-turi doirasida navbatdagi 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi safarda “Bornmut” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

To‘qnashuvning 55-daqiqasida Riad Mahrez tomonidan kiritilgan yagona gol “shaharliklar”ga g‘alaba keltirdi va jamoa navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi o‘z maydonida “Sauthempton”ni qabul qildi.

Bellashuvning 26-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Yann Valeri uzoq masofadan De Xea darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 54-daqiqaga kelib Andreas Pereyra hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Romelu Lukaku “qizil iblislar”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 75-daqiqada esa yarim himoyachi Jeyms Uord-Prouz jarima zarbasidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 1 daqiqa qolganda Romelu Lukaku yana gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlandi.

APL

29-tur bahslari

2-mart, shanba

Gol: 0:1 — 55 Mahrez

Gol: 1:0 — 79 Andone

Gollar: 0:1 — 15 Bardsli, 0:2 — 48 Batshuayi, 0:3 — 76 Zaha, 1:3 — 90 Barns

Gollar: 0:1 — 26 Valeri, 1:1 — 54 Pereyra, 2:1 — 59 Lukaku, 2:2 — 75 Uord-Prouz, 3:2 — 89 Lukaku

Gollar: 1:0 — 16 Yоtа, 2:0 — 18 Himenes

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют