» » APL. “Chelsi” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, “Liverpul” va “Manchester Siti”da ham g‘alaba (video)

APL. “Chelsi” “Tottenhem”ni mag‘lub etdi, “Liverpul” va “Manchester Siti”da ham g‘alaba (video)


27-fevral, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 28-turi doirasida navbatdagi 4 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

So‘nggi turda “Manchester Yunayted”ni yuta olmagan (0:0) Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” jamoasi “Enfild” stadionida “Uotford” bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvda Sadio Mane (9 va 20-daqiqalar), Divok Origi (66) hamda Virjil Van Deykning (79, 82-daqiqalar) kiritgan gollari “mersisaydliklar”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Shu kuni tur markaziy o‘yini Londonda bo‘lib o‘tadi. Unda shaharning ikki klubi “Chelsi” hamda “Tottenhem” klublari o‘zaro to‘qnashdi.

Bellashuvning 57-daqiqasida Pedro Rodriges uzoq masofadan Ugo Lyoris darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib Kiran Trippier avtogol muallifiga aylandi.

Shu tariqa Mauritsio Sarri shogirdlari Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem”ni mag‘lub etib, muhim g‘alabaga erishdi.

Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.

To‘qnashuvning 33 hamda 52-daqiqalarida Romelu Lukaku dublga erishgan bo‘lsa, 66-daqiqaga kelib Joel Uord hisobni qisqartirdi (2:1). 84-daqiqada esa Eshli Yang o‘yindagi so‘nggi golni urdi va g‘alabani mustahkamladi.

Shu tariqa “qizil iblislar” safarda g‘alabaga erishib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” o‘z uyida “Vest Hem”ni sinovdan o‘tkazdi.

Argentinalik hujumchi Serxio Agueroning 59-daqiqada urgan goli “shaharliklar”ga navbatdagi g‘alabani keltirdi.

APL

28-tur bahslari

27-fevral, chorshanba

Gol: 1:0 — 59 Aguero

Gollar: 1:0 — 9 Mane, 2:0 — 20 Mane, 3:0 — 66 Origi, 4:0 — 79 Van Deyk, 5:0 — 82 Van Deyk

Gol: 1:0 — 57 Pedro, 2:0 — 84, avtogol, Triper

“Chelsi”: Kabalyero, Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Alonso, Jorjinyo, Kante, Kovachich (Loftus-Chik, 77), Pedro, Iguain (Jiru, 84), Azar (Villian, 60)

“Tottenhem”: Loris, Triper, Alderveyrld, Sanches, Devis, Uinks, Sissoko (Rouz, 85), Eriksen, Lamela (Lyorente, 70), Son (Lukas, 80), Keyn

Ogohlantirishlar: Luis (90), Keyn (90)

Gollar: 0:1 — 33 Lukaku, 0:2 — 52 Lukaku, 1:2 — 66 Uord, 1:3 — 84 Yang

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2019, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют