» » APL. “Man Yunayted” 4 ta, “Man Siti” 3 ta, “Chelsi” esa 1 ta gol urib yutdi (video)

APL. “Man Yunayted” 4 ta, “Man Siti” 3 ta, “Chelsi” esa 1 ta gol urib yutdi (video)


30-dekabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 20-tur bahslari doirasida so‘nggi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Londonning “Chelsi” klubi mehmonda “Kristal Pelas” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 51-daqiqasida “aristokratlar” yarim himoyachisi N’Golo Kante gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

So‘nggi 2 turda mag‘lub bo‘lgan “Manchester Siti” esa safarda “Sauthempton” bilan 3:1 hisobida yengdi. Barcha gollar 1-bo‘limda kiritildi. Uchrashuvning 10-daqiqasida David Silva Aleks Makkarti darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa (0:1), 37-daqiqaga kelib, mezbon jamoa a’zosi Pyer Hoyberg hisobni tenglashtirdi (1:1). 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida (45) Jeyms Uord-Prouzning avtogoli evaziga “shaharliklar” hisobda oldinga o‘tib oldi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Serhio Aguero gol urib, g‘alabani mustahkamladi.

Turning so‘nggi o‘yini “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” klubi “Bornmut”ni qabul qildi. Uchrashuvning 5- va 33-daqiqalarida Pol Pogba dublga erishgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib, Markus Reshford Antoni Marsialning uzatmasini golga aylantirdi (3:0). 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada “Bornmut” himoyachisi Natan Ake burchakdan oshirilgan to‘pni David de Xea darvozasiga joylab qo‘ydi.

2-bo‘limning 70-daqiqasida Romelu Lukaku Markus Reshford o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va oradan 2 daqiqa o‘tib o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 79-daqiqada Erik Bayi qizil kartochka olganligi sababli “qizil iblislar” o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi.

Pogbaning 1-goli

Pogbaning 2-goli

Reshfordning goli

Akening goli

Lukakuning goli

APL

20-tur bahslari

30-dekabr, shanba

Gol: 0:1 – 51 Kante.

Gollar: 0:1 – 10 Silva, 1:1 – 37 Hoyberg, 1:2 – 45 Uord-Prouz (avtogol), 1:3 – 45 Aguero.

Gollar: 1:0 – 5 Pogba, 2:0 – 34 Pogba, 3:0 – 45 Rashford, 3:1 – 45 Ake, 4:1 – 72 Lukaku.

20-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-12-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют