» » APL. “Chelsi” safarda yirik hisobda yutdi va peshqadamga aylanib oldi (video)

APL. “Chelsi” safarda yirik hisobda yutdi va peshqadamga aylanib oldi (video)


Bugun, 7-oktabr sanasida Angliya premyer ligasi 8-turi doirasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Shulardan yana biri yakunlandi.

Londonning “Chelsi” jamoasi safarda “Sauthempton” bilan kurash olib bordi va yirik 0:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Londonliklar safida Eden Azar 30-daqiqada hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Ross Barkli hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘yindagi so‘nggi gol esa 90-daqiqada Alvaro Morata hisobiga yozildi.

“Chelsi” mazkur g‘alabadan so‘ng 20 ochko bilan kamida 2 soatga musobaqa peshqadamiga aylanib oldi.

Turning markaziy o‘yini esa birozdan so‘ng boshlanadi. Unda “Liverpul” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Angliya premyer ligasi

8-tur bellashuvlari

7-oktabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 29 Lyakazett, 1:1 – 44 Shyurrle, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 67 Remzi, 1:4 – 79 Obameyang, 1:5 – 90 Obameyang.

Gollar: 0:1 – 30 Azar, 0:2 – 57 Barkli, 0:3 – 90 Morata.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют