» » APL. “Chelsi” 8 daqiqada 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi, “Liverpul” triosi esa “Bornmut”ni tor-mor etdi (video)

APL. “Chelsi” 8 daqiqada 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi, “Liverpul” triosi esa “Bornmut”ni tor-mor etdi (video)


Bugun, 14-aprel sanasida Angliya premyer ligasining 34-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan o‘rin olgan 7 uchrashuvdan 6 tasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Turning ilk o‘yinida Antoni Konte boshchiligidagi “Chelsi” “Sautgempton”ga qarshi safar o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan 21-daqiqada ochildi. Gol muallifi Dushan Tadich. Birinchi bo‘lim shu tariqa yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Bednarekning gol “Sautgempton”ni 2:0 hisobida oldinga chiqishini ta’minladi. Ammo Konte shogirdlari 8 daqiqa ichida 3 ta gol urishning ustidan chiqib g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib ketdi. “Chelsi”ning 2 ta goliga Olivye Jiru yana bittasiga esa Eden Azar mualliflik qildi.

Yevropa Chempionlar Ligasida “Manchester Siti”ni kurashdan chiqarib yuborgan Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” “Enfild”da “Bornmut”ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi. Gollar mersisaydliklarning kuchli triosi — Sadio Mane, Muhammad Saloh va Roberto Firmino hisobiga yozildi. “Bornmut” esa 3 ta golga biror marta ham javob berishning uddasidan chiqa olmadi.

Birozdan so‘ng turning  markaziy o‘yinida “Tottenhem” “Manchester Siti” bilan kurash olib boradi.

Angliya premyer ligasi

34-tur bellashuvlari

14-aprel, shanba

Gollar: 1:0 – 21 Tadich, 2:0 – 60 Bednarek, 2:1 – 70 Jiru, 2:2 – 75 Azar, 2:3 – 78 Jiru.

Gollar: 1:0 – 6 Vud, 2:0 – 9 Long, 2:1 – 72 Vardi

Gollar: 1:0 – 5 Zaxa, 2:0 – 14 Tomkins, 2:1 – 18 Myurrey, 3:1 – 24 Zaxa, 3:2 – 34 Iskerdo.

Gol: 1:0 – 90 Ins.

Gollar: 0:1 – 43, avtogol Noton, 1:1 – 71 Ayyu.

Gollar: 1:0 – 7 Mane. 2:0 — 69 Saloh. 3:0 — 90 Firmino.

15-aprel, yakshanba

16-aprel, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют