» » APL. “Arsenal” London derbisida g‘alaba qozondi, Lyakazett va Obameyangda dubl, Remzidan esa supergol (video)

APL. “Arsenal” London derbisida g‘alaba qozondi, Lyakazett va Obameyangda dubl, Remzidan esa supergol (video)


Bugun, 7-oktabr sanasida Angliya premyer ligasi 8-turi doirasida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Shulardan bittasi yakuniga yetdi.

“Fulhem” London derbisida “Arsenal”ni qabul qilib, 1:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Kanonirlar” tarkibida Aleksandr Lyakazett hamda Pyer-Emerik Obameyang dublga erishdi. Yana bir gol esa Aaron Remzi nomiga yozildi. Mezbonlarning yagona javob goli esa Andre Shyurrle tomonidan kiritildi.

Ayni damda Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” safarda “Southempton” bilan kurash olib bormoqda. Turning markaziy o‘yini esa 20:30 da boshlanadi. Unda “Liverpul” o‘z uyida “Manchester Siti”ni qabul qiladi.

Angliya premyer ligasi

8-tur bellashuvlari

7-oktabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 29 Lyakazett, 1:1 – 44 Shyurrle, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 67 Remzi, 1:4 – 79 Obameyang, 1:5 – 90 Obameyang.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют