» » Yevropa Ligasi. Arsenal SSKAga 4 ta gol urdi, Atletiko M Sportingni yengdi, Latsio Rimdagi gollar shousida galaba qozondi (video)

Yevropa Ligasi. Arsenal SSKAga 4 ta gol urdi, Atletiko M Sportingni yengdi, Latsio Rimdagi gollar shousida galaba qozondi (video)


Yevropa Ligasining ? finali doirasida dastlabki uchrashuvlar bolib otdi.

Germaniyaning Leypsig jamoasi oz maydonida Fransiyaning Marselini qabul qilib, jamoa yetakchisi Timo Vernerning oyinning 45-daqiqasida kiritgan yagona goli sabab dastlabki bahsni oz foydasiga hal qildi.

Londonning Arsenali esa oz maydonida Moskva armiyachilari SSKAni qabul qildi. Uchrashuv toliq kanonirlar ustunligi ostida otdi. Aaron Remzi va Aleksandr Lyakazett 2 tadan gol urishgan bolsa, SSKAning yagona javob goli Aleksandr Golovin tomonidan kiritildi. Hisob 4:1 Arsenal foydasiga.

Madridda Diyego Simeone shogirdlari Atletiko Lissabonning Sporting klubini mehmon qilib, Koke va Antuan Grizmann gollari sabab, galaba qozondi.

Yana bir uchrashuv esa Rimda Latsio hamda Zalsburg jamoalari ortasida bolib otdi. Gollarga boy bolgan uchrashuvda 4:2 hisobida Latsio galaba qozonishga muvaffaq boldi.

Yevropa Ligasi

? final bellashuvlari

5-aprel, payshanba

Gol: 1:0 45 Timo Verner.

Gollar: 1:0 9 Aaron Remzi. 1:1 15 Aleksandr Golovin. 2:1 23 Aleksandr Lyakazett. 3:1 28 Aaron Remzi. 4:1 Aleksandr Lyakazett.

Gollar: 1:0 1 Koke. 2:0 40 Antuan Grizmann.

Gollar: 1:0 8 Senad Lulich. 1:1 30 Valon Berisha. 2:1 49 Marko Parolo. 2:2 71 Takumi Minamino. 3:2 74 Felipe Anderson. 4:2 76 Chiro Immobile



Manba: Daryo.uz
: admin (6-04-2018, 08:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -