» » “Milan” va “Arsenal” chorak final yo‘lidayoq to‘qnash keladi. Vitaliy Denisov jamoasi “Atletiko” bilan o‘ynaydi

“Milan” va “Arsenal” chorak final yo‘lidayoq to‘qnash keladi. Vitaliy Denisov jamoasi “Atletiko” bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tgan marosim Italiyaning “Milan” va Angliyaning “Arsenal” klublarini o‘zaro to‘qnashtirdi.

Taqvimga ko‘ra, nimchorak finalning ilk uchrashuvlari 8-mart sanasiga to‘g‘ri kelgan. Javob o‘yinlari esa 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘tgan bosqichda Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etgandi. Endi esa “temiryo‘lchilar” Madridning “Atletiko” klubiga raqib bo‘ldi. O‘z navbatida “armiyachilar” Fransiyaning “Lion”i, “Zenit” esa Germaniyaning “Leyptsig”i bilan to‘qnash keladi.

Yevropa Ligasi

1/8 final

8-mart, payshanba

“Latsio” — “Dinamo Kiyev”

“Leyptsig” — “Zenit”

“Atletiko” — “Lokomotiv”

“SSKA” — “Lion”

“Marsel” — “Atletik”

“Sporting” — “Viktoriya”

“Borussiya D” — “Zalsburg”

“Milan” — “Arsenal”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют