» » APL. “Arsenal” irodali g‘alabaga erishdi, “Chelsi” esa o‘z maydonida “Vest Xem”ni yuta olmadi (video)

APL. “Arsenal” irodali g‘alabaga erishdi, “Chelsi” esa o‘z maydonida “Vest Xem”ni yuta olmadi (video)


Bugun, 8-aprel sanasida Angliya premyer ligasining 33-turida “Arsenal” “Sautgempton”ni qabul qildi. “Emireyts” stadionida kechgan uchrashuv “kanonirlar”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Avvaliga mehmonlar 17-daqiqada hisobni ochdi. Gol muallifi Sheyn Long. Ko‘p o‘tmasdan Denni Uelbekning uzatmasidan so‘ng Pyer-Emerik Obameyang hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Uelbekning gol urib “Arsenal”ni oldingan olib chiqdi. “Sautgempton” Charli Ostinning 73-daqiqada urgan goli sabab hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 81-daqiqasiga kelib yana o‘sha Uelbek 2-golni urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Turning so‘nggi o‘yini Londonda “Chelsi” hamda “Vest Xem” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. “Chelsi” safida Sezar Aspilikueta gol urgan bo‘lsa, unga mehmonlarda Xavyer Ernandes — Chicharito javob qaytardi.

Angliya premyer ligasi

33-tur bellashuvlari

8-aprel, yakshanba

Gollar: 0:1 – 17 Long, 1:1 – 28 Obameyang, 2:1 – 38 Uelbek, 2:2 – 73 Ostin, 3:2 – 81 Uelbek.

Gollar: 1:0 — 36 Aspilikueta. 1:1 — 73 Chicharito.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют