» » APL. Eden Azarning dubli “Chelsi”ga g‘alaba keltirdi (video)

APL. Eden Azarning dubli “Chelsi”ga g‘alaba keltirdi (video)


26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 19-turidan o‘rin olgan “Uotford”—“Chelsi” o‘yini nihoyasiga yetdi.

O‘yinning 45-daqiqasida Eden Azar Mateo Kovachichning uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi (0:1). Oradan hech qancha vaqt o‘tmay (45-daqiqa) “Uotford” yarim himoyachisi Roberto Pereyra Kepa Arrisabalaga qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi va hisobni tenglashtirdi (1:1). 2-bo‘limning 58-daqiqasida belgiyalik hujumchi dubl qayd etdi va jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

APL

19-tur bahslari

26-dekabr, chorshanba

Gollar: 1:0 – 45 Pereyra, 1:1 – 45 Azar, 1:2 – 58 Azar.

“Uotford”: Foster, Kiko, Kabasele (Mariappa, 16), Ketkart, Olevas, Sema (Kvina, 67), Dukur, Kapue, Pereyra, Lazaro Jerar (Sakses, 82), Dini.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luis, Alonso, Kante, Jorjinyo, Kovachich (Barkli, 80), Pedro (Hadson-Odoi, 43 — Emerson, 85), Azar, Villian.

Ogohlantirishlar: Foster (58).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют