» » APL. “Manchester Yunayted” “Chelsi”dan so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” “Chelsi”dan so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi (video)


Bugun, 20-oktabr sanasida Angliya premyer ligasida 9-tur bahslariga start berildi.

Turning ilk hamda markaziy o‘yini peshqadamlar safida borayotgan Mauritsio Sarri boshchiligidagi “Chelsi” hamda Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisobni 21-daqiqada Antonio Ryudiger ochdi. Ikkinchi bo‘limning 55 hamda 73-daqiqalarida Antoni Marsial 2 ta gol urib, “Yunayted”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+6 daqiqada esa Ross Barkli “Chelsi”ga 1 ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.

Angliya premyer ligasi

9-tur bellashuvlari

20-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 – 21 Ryudiger, 1:1 – 55 Marsial, 1:2 – 73 Marsial, 2:2 - 90+6 Barkli.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 69), Jorjinyo, Villian (Pedro, 73), Kante, Azar, Morata (Jiru, 79).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Shou, Yang, Smolling, Pogba, Matich, Mata (Errera, 75), Marsial (Pereyra, 84), Lukaku, Reshford (Sanches, 85).

Ogohlantirishlar: Matich (13), Yang (27), Ryudiger (30), Azar (34), Mata (67).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 19:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют