» » Angliya Kubogi. “Manchester Siti” “Byornli”ga 5 ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi (video)

Angliya Kubogi. “Manchester Siti” “Byornli”ga 5 ta gol urib, keyingi bosqichga chiqdi (video)


26-yanvar, shanba kuni Angliya Kubogi 1/16 final uchrashuvlari doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Etihad” stadionida “Byornli” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 23-daqiqasida Gabriel Jezus Danilo uzatgan to‘pni qabul qildi va 2 nafar raqib o‘yinchisini aldab, “Byornli” darvozasini ishg‘ol qildi. 52-daqiqaga kelib, Bernardo Silva yo‘llagan to‘p himoyachining oyog‘iga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza to‘ridan joy oldi (2:0). Oradan 9-daqiqa o‘tib, “shaharliklar” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne to‘pni kuchli zarb bilan darvozaning o‘ng burchagiga yo‘lladi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 73-daqiqada esa “Byornli” himoyachisi Kevin Long avtogol muallifiga aylandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Serxio Aguero penaltidan o‘yindagi oxirgi golni urdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” “Byornli” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va 1/8 finalga yo‘l oldi.

Angliya Kubogi

1/16 final bahslari

26-yanvar, shanba

Gol: 0:1 — 78 Uagxorn.

Gollar: 1:0 — 10 Makbarni, 2:0 — 32 Makbarni, 2:1  51 Josh Jis, 3:1 — 73 Bersant Kelina, 4:1 — 84 Barri Makkey.

Gollar: 1:0 — 47 Docherti, 2:0 — 71 Uoterfoll, 2:1 — 75 Himenes, 2:2 — 90 Doerti.

Gollar: 1:0 — 68 Vaytmen, 1:1 — 84 Klark, 2:1 — 90 Vaytmen.

Gollar: 0:1 — 61 Gray, 0:2 — Sakses.

Gollar: 1:0 — 51 Ayyala, 1:1 — 90 Dolan.

Gollar: 1:0 — 23 Jezus, 2:0 — 52 Silva, 3:0 — 61 De Bryuyne, 4:0 — 73, avtogol, Long, 5:0 — 85, penalti, Aguero.

Gollar: 1:0 — 63 Braun, 1:1 — 74 Uells.

Gollar: 0:1 — 43 Risharlison, 1:1 — 45 Gregori, 1:2 — 72 Tosun, 2:2 — 75 Kuper, 3:2 — 90 Uolles.

Gollar: 1:0 — 34 Appia, 2:0 — 41 Uegstaff, 3:0 — 46 Uegstaff, 3:1 — 57 Peres, 3:2 — 71 Anderson, 4:2 — 88 Sibbik.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют