» » Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan ilk katta sovringa ega chiqdi: Angliya Liga Kubogi ishg‘ol etildi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan ilk katta sovringa ega chiqdi: Angliya Liga Kubogi ishg‘ol etildi


“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogida zafar quchi. Londondagi “Uembli” stadionida kechgan final o‘yinida “Arsenal”ga qarshi saf tortgan “shaharliklar” yirik g‘alabaga erishdi.

Bellashuvda Serxio Aguero hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Vensan Kompani, David Silva kabilar o‘zini ko‘rsatdi. Venger jamoasidan esa bu gollarga javob beradigan hech kim topilmadi.

Xosep Gvardiola jamoasi mavsum avvalida 4 ta fronda kurashni boshlagan bo‘lsa, shularning faqatgina 1 tasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Angliya Kubogida jamoa quyi liga vakili “Uigan”dan yengilib, turnirni tark etgandi.

Liga Kubogini esa “Siti” “Vest Bromvich”ni 2:1 hisobida taslim qilishdan boshlagandi. Keyinroq “Vulverhempton” penaltilar seriyasiga ko‘ra ortda qoldirildi. “Lester” bilan ham xuddi shunday bo‘ldi, o‘yinning asosiy vaqtida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Yarim finalda esa “Bristol Siti” avvaliga 2:1, keyin 3:2 hisoblarida taslim qilindi.

Angliya Liga Kubogida eng ko‘p “Liverpul” zafar quchgan — 8 marta. “Manchester Yunayted”, “Aston Villa”, “Chelsi”da sovrinlar soni 5 tadan edi. Kecha “Manchester Siti” ular safiga qo‘shilib oldi. “Arsenal” esa bu turnirni 2 marta yutgan.

Bu Xosep Gvardiola uchun “Manchester Siti” bilan qo‘lga kiritilgan ilk sovrin bo‘ldi. O‘tgan mavsumni uning jamoasi 3-o‘rinda yakunlagan bo‘lib, mamlakat kubogi va Liga Kubogida finalgacha yetib kela olmagandi.

Angliya Liga Kubogi

Final

25-fevral, yakshanba

Gollar: Serxio Aguero, 18 (1:0). Vensan Kompani, 58 (2:0). David Silva, 65 (3:0).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют