» » Liga Kubogi. “Manchester Siti” “Byorton”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 10:0 hisobida mag‘lub etdi (video)

Liga Kubogi. “Manchester Siti” “Byorton”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 10:0 hisobida mag‘lub etdi (video)


23-yanvar, chorshanba oqshomida futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 final dastlabki javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Byorton” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Serxio Agueroning kiritgan yagona goli “shaharliklar”ga ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba keltirdi. Va ular shu tariqa musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “mankunianlar” birinchi o‘yinda “Byorton”ni 9:0 hisobida yenggan edi.

Ma’lumot uchun, bugun, 24-yanvar kuni musobaqaning ikkinchi 1/2 final o‘yinida “Chelsi” klubi “Tottenhem”ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Liga Kubogi

1/2 final bahslari

24-yanvar, payshanba

Gol: 1:0 – 26 Aguero.

“Byorton”: Kollins, Akins, Makfadzin, Terner (Hatchinson, 40), Makkrori, Kuinn (Foks, 46), Velles, Harness, Miller, Templton, Boys (Daniel, 77).

“Manchester Siti”: Murich, Danilo, Sandler, Zinchenko (Nmecha, 67), Garsiya, Foden, De Bryuyne (Mendi, 63), Delf, Aguero (Jezus, 63), Poveda, Mahrez.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют