» » APL. “Manchester Yunayted” safarda yirik hisobda yutdi, Pogbadan dubl (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda yirik hisobda yutdi, Pogbadan dubl (video)


9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 26-tur bahslariga start berildi.

Turni “Manchester Yunayted” va “Fulhem” jamoalari qarama-qarshiligi ochib berdi.

1-bo‘limning 14-daqiqasida Pol Pogba Antoni Marsial uzatgan to‘pni kuchli zarb bilan darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 9 daqiqa o‘tib, 1-golga assistentlik qilgan Antoni Marsial bir yo‘la bir necha nafar raqibini aldab, super gol muallifiga aylandi (2:0).

2-bo‘limning 65-daqiqasida hakam tomonidan “Fulhem” darvozasi tomon penalti belgilandi. Undan fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba unumli foydalanib, dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Yunayted” safarda “Fulhem” klubini yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

APL

26-tur bahslari

9-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 14 Pogba, 0:2 — 23 Marsial, 0:3 — 65, penalti, Pogba

“Fulhem”: Riko, Odoi, Le Marchand, Brayan (Sesenyon, 81), Seri, Chembers, Shyurrle (Kristi, 53), Babel (Kerni, 77), Vietto, Mitrovich.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Dalot, Smolling, Jons, Shou, Matich, Errera (Bayi, 85), Pogba (MakTominay, 74), Lukaku, Marsial (Sanches, 70), Mata.

Ogohlantirishlar: Brayan (25), Chembers (38), Matich (43), De Xea (90), Mitrovich (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют