» » APL. Markus Reshford “Manchester Yunayted”ga g‘alaba keltirdi (video)

APL. Markus Reshford “Manchester Yunayted”ga g‘alaba keltirdi (video)


3-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 25-turi doirasida bitta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” safarda “Lester” klubi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv taqdirini bitta gol hal etdi. Unga o‘yinning 9-daqiqasida “qizil iblislar” hujumchisi Markus Reshford mualliflik qildi.

Shu tariqa “Yunayted” mehmonda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

APL

25-tur bahslari

3-fevral, yakshanba

Gol: 0:1 — 9 Reshford

“Lester”: Shmeyxel, Evans, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi (Iheanacho, 84), Ndidi, Meddison (G‘azzol, 62), Grey (Okadzaki, 74), Barns, Vardi.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelyof, Errera, Matich, Pogba, Lingard (Jons, 90), Sanches (Marsial, 67), Reshford (Lukaku, 78).

Ogohlantirishlar: Lingard (20), Vardi (32), Matich (42), Mendi (45), Shou (80), G‘azzol (82), Ndidi (90), Marsial (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют