» » APL. “Manchester Yunayted” safarda “Tottenhem”dan ustun keldi (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda “Tottenhem”dan ustun keldi (video)


13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv “qizil iblislar” g‘alabasi bilan yakunlandi (0:1).

1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida (44) Markus Reshford Pol Pogba uzatmasini golga aylantirdi (0:1). Bellashuv oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi va “mankunianlar” “shporlar”ni o‘z maydonida yengdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiy qo‘l ostida ketma-ket 6 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

APL

22-tur bahslari

13-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 — 61 Zuma, 2:0 — 90 Levin.

Gol: 0:1 — 44 Reshford

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют