» » APL. Liverpul Benites jamoasiga qarshi, Manchester Siti esa tulkilarni mehmon qiladi

APL. Liverpul Benites jamoasiga qarshi, Manchester Siti esa tulkilarni mehmon qiladi


3-may, juma kuni futbol boyicha Angliya Premyer ligasining 37-turiga start berildi.

Turning dastlabki bahsida Everton oz maydonida Byornlini qabul qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmon jamoa azosi Ben Mi oz darvozasiga gol urib qoygan bolsa, oradan 3 daqiqa otib Everton himoyachisi Shimus Koulmen hisobni 2:0 korinishiga olib keldi.

Shu tariqa Everton oz uyida Byornlini yengdi va 3 ochkoga ega boldi.

4-may, shanba kuni avvalgi turda Vest Hemga maglub bolgan (0:1) Londonning Tottenhem klubi Bornmut maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. Malumot uchun, shporlar 70 ochko toplagan holda musobaqa jadvalida 3-orinda bormoqda.

Shu kuni Yurgen Klopp qol ostidagi Liverpul jamoasi Nyukaslga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 23:45 da start oladi. Takidlash joiz, mersisaydliklar 36-turda Haddersfild darvozasiga javobsiz 5 ta top kiritgandi (5:0).

5-may, yakshanba kuni musobaqa jadvalida 4-pogonani egallab turgan Londonning Chelsi klubi Stemford Brijda Uotfordni sinovdan otkazadi. Eslatib otamiz, aristokratlar oxirgi turda Manchester Yunayted bilan 1:1 hisobida durang oynagandi.

Ole-Gunnar Sulsher boshliq Manchester Yunayted klubi safarda Haddersfildga qarshi maydonga tushadi. Ikkala Uchrashuvga ham soat 18:00 da start beriladi. Malumot uchun, qizil iblislar 65 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-orinda bormoqda.

Kunning songgi oyinida Londonning Arsenal klubi oz uyida Brayton bilan oynaydi.Oyin soat 20:30 da boshlanishi belgilangan.

6-may, dushanba kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Manchester Siti jamoasi Ittihod stadionida Lester bilan bahsga kirishadi.Bellashuv soat 00:00 da boshlanadi. Qayd etish joiz, mankunianlar avvalgi turda Serxio Agueroning urgan goli evaziga Byornli ustidan galaba qozongandi (1:0).

APL

37-tur bahslari

3-may, juma

Gollar: 1:0 17, avtogol, Ben Mi, 2:0 20 Koulmen

4-may, shanba

5-may, yakshanba

6-may, dushanba

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (4-05-2019, 10:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -