» » APL. “Tottenhem” bugun “Arsenal”ni mehmon qiladi, “Manchester Siti” esa “Bornmut” maydoniga safar qiladi

APL. “Tottenhem” bugun “Arsenal”ni mehmon qiladi, “Manchester Siti” esa “Bornmut” maydoniga safar qiladi


2-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 29-tur bahslari boshlanadi.

Turning dastlabki o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Londonning ikki klubi “Tottenhem” hamda “Arsenal” to‘qnash keladi. O‘yinga Toshkent vaqti bilan 17:30 da start beriladi.

Ma’lumot uchun, “shporlar” 60 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “To‘pchilar” esa 56 ochko bilan 4-pog‘onani band qilgan.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi safarda “Bornmut” jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” esa o‘z maydonida “Sauthempton”ni qabul qiladi. Ikkala bellashuv ham 20:00 da boshlanadi.

3-mart, yakshanba kuni Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” mehmonda “Fulhem” bilan kurash olib boradi. Uchrashuv 19:05 da boshlanishi belgilangan.

Turning so‘nggi o‘yinida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” “Everton”ga qarshi maydonga tushadi. Bahsga soat 21:15 da start beriladi.

28-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

29-tur bahslari

2-mart, shanba

3-mart, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют