» » “Liverpul”—“Tottenhem”. APL 32-tur uchrashuvlari anonsi

“Liverpul”—“Tottenhem”. APL 32-tur uchrashuvlari anonsi


30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 32-turi doirasida dastlabki 7 ta bahs bo‘lib o‘tadi.

Turning dastlabki uchrashuvida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi safarda “Fulhem”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, “shaharliklar” ayni damda musobaqa jadvalida 74 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher boshliq Manchesterning boshqa bir klubi “Yunayted” “Old Trafford”da “Uotford” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, “mankunianlar” Angliya Kubogining 1/4 finalida “Vulverhempton”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgandi.

31-mart, yakshanba kuni musobaqa jadvalida 6-pog‘onada borayotgan Londonning “Chelsi” klubi mehmonda “Kardiff Siti”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 19:05 da start oladi. Ta’kidlash joiz, “Aristokratlar” so‘nggi turda “Everton”ga 0:2 hisobida yutqazgandi.

Turning markaziy o‘yinida musobaqa jadvalidagi yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” bilan jang qiladi. Bellashuv 21:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, “mersisaydliklar” 76 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Shporlar” hisobida esa 61 ochko mavjud va klub 3-pog‘onada bormoqda.

1-aprel, dushanba kuni turning so‘nggi o‘yini “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubi “Nyukasl” bilan to‘qnash keladi. Bahsga 2-aprelga o‘tar kechasi soat 01:00 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, “to‘pchilar” 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida Fransiyaning “Renn” klubini yirik hisobda mag‘lub etgandi (3:0).

APL

32-tur bahslari

30-mart, shanba

31-mart, yakshanba

1-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют