» » APL. “Liverpul” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)

APL. “Liverpul” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 9-tur markaziy uchrashuvida 20-oktabr, yakshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” bilan bellashdi.

O‘yinning 36-daqiqasida “mankunianlar” hujumchisi Markus Reshford Deniel Jeymsning uzatgan to‘pini Alisson Beker qo‘riqlayotgan darvozaga kiritgan bo‘lsa, 85-daqiqaga kelib mersisaydliklar yarim himoyachisi Adam Lallana hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Liverpul” 25 ochko jamg‘ardi. “Yunayted” esa 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

APL

9-tur bahsi

20-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 36 Reshford, 1:1 — 85 Lallana

“Manchester Yunayted”: De Xea, Yang, Uan-Bissaka, Lindelyof, Roxo, Jeyms, Maktominay, Pereyra (Uilyams, 90), Fred, Maguayr, Reshford (Marsyal, 84)

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Fabinyo, Veynaldum (Keyta, 82), Xenderson (Lallana, 71), Mane, Origi (Oksleyd-Chemberlen, 60), Firmino

Ogohlantirish: Fabinyo (70)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют