» » APL. Pogba penaltidan gol ura olmagan o‘yinda “Manchester Yunayted” “bo‘rilar”ni yuta olmadi (video)

APL. Pogba penaltidan gol ura olmagan o‘yinda “Manchester Yunayted” “bo‘rilar”ni yuta olmadi (video)


19-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 2-turining so‘nggi o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Vulverhempton” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Antoni Marsial Markus Reshford uzatgan to‘pni kuchli zarb bilan Rui Patrisiu qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi (1:0). 55-daqiqada esa “bo‘rilar” vakili Ruben Nevesh super gol muallifiga aylandi.

Bellashuv shu tariqa 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 68-daqiqasida mezbon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi va undan “mankunianlar” yetakchisi Pol Pogba unumli foydalana olmadi.

Ma’lumot uchun, “Yunayted” 2 tur natijasiga ko‘ra 4 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, Sulsher jamoasi dastlabki turda “Chelsi”ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:0).

2-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

2-tur bahsi

19-avgust, dushanba

Gollar: 0:1 — 27 Marsial, 1:1 — 55 Ruben Nevesh

“Vulverhempton”: Rui Patrisiu, Kastro, Boli, Bennett, Doerti (Traore, 46), Ruben Nevesh, Dendonker, Moutinyu, Koudi, Himenes (Kutrone, 90), Diogu Jota (Netu, 86)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou, Jeyms (Grinvud, 89), Pogba, Lingard (Mata, 81), Maktominay, Marsial, Reshford (Pereyra, 89)

Ogohlantirishlar: Jeyms (24), Ruben Nevesh (51), Bennett (67), Uan-Bissaka (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2019, 02:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 1) ( 72) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...