» » APL. “Manchester Yunayted” safarda ishonchli g‘alaba qozondi (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda ishonchli g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 20-turi doirasida 28-dekabr, shanba kuni Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” mehmonda “Byornli”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Antoni Marsyal hisobni ochgan bo‘lsa, 90+5-daqiqaga kelib “Yunayted”ning ikkinchi goliga Markus Reshford mualliflik qildi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Shu tariqa “mankunianlar” safarda “Byornli” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Yunayted”ning ochkolari soni 31 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 8-o‘rindan 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Byornli” esa 24 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

APL

20-tur bahsi

28-dekabr, shanba

Gollar: 0:1 — 44 Marsyal, 0:2 — 90+5 Reshford.

“Byornli”: Poup, Mi, Teylor, Bardsli, Tarkovski, Kork (Breydi, 87), Vestvud, Xendrik (Rodriges, 59), Maknil, Vud, Barns (Gudmundsson, 68)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams, Yang, Lindelyof, Maguayr, Pereyra (Lingard, 73), Matich, Jeyms, Fred, Marsyal (Shou, 89), Reshford

Ogohlantirishlar: Bardsli (23), Mi (61), Teylor (71), Maknil (89), Uilyams (90), Lingard (90), Fred (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют