» » APL. “Tottenhem” “bo‘rilar”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” esa ochko yo‘qotdi (video)

APL. “Tottenhem” “bo‘rilar”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” esa ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 17-turi doirasida 15-dekabr, yakshanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Everton”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida “mankunianlar” himoyachisi Viktor Lindelyof o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “qizil iblislar” hujumchisi Meyson Grinvud hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Yunayted” 25 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 18 ochko bilan 16-pog‘onani band qilib turibdi.

Shu kuni Joze Mourinyo boshqaruvidagi Londonning “Tottenhem” jamoasi mehmonda “Vulverhempton”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida “shporlar”ning gollariga Lukas Moura (8) hamda Yan Vertongen (90) mualliflik qilgan bo‘lsa, “bo‘rilar” yarim himoyachisi Adama Traore (67) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada London klubi safarda kechgan bahsda “Vulverhempton”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Tottenhem” ochkolari sonini 26 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Vulverhempton” esa 24 ochko to‘plab 8-o‘rindan joy oldi.

APL

17-tur bahslari

15-dekabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 36, avtogol Lindelyof, 1:1 — 77 Grinvud

Gollar: 0:1 — 8 Lukas Moura, 1:1 — 67 Traore, 1:2 — 90 Vertongen

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют