» » APL. “Man Yunayted” “Tottenhem”ni yengdi, “Liverpul” esa 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

APL. “Man Yunayted” “Tottenhem”ni yengdi, “Liverpul” esa 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 15-turi doirasida 4-dekabr, chorshanba kuni 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da Joze Mourinyo boshliq Londonning “Tottenhem” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq “mankunianlar” hujumchisi Markus Reshford hisobni ochgan bo‘lsa, 39-daqiqaga kelib “shporlar” yarim himoyachisi Dele Alli hisobni tenglashtirdi (1:1). 49-daqiqada esa londonliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Reshfordning o‘zi unumli foydalanib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa o‘yin 2:1 hisobida “Yunayted”ning g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “qizil iblislar” ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Tottenhem” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi esa o‘z maydonida “Aston Villa” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 24-daqiqasida “aristokratlar” hujumchisi Temmi Abraham Ris Jeyms uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 41-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Trezege hisobni tenglashtirdi (1:1). 2-bo‘limning 48-daqiqasida “ko‘klar” vakili Meyson Maunt jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi (2:1).

Qayd etish joiz, “Chelsi” 29 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turibdi. 15-o‘rinda borayotgan “Aston Villa” hisobida esa 15 ochko mavjud.

Shu kuni Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” esa o‘z uyida “Everton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Divok Origi (6, 31), Jerdan Shaqiri (17) Sadio Mane (45) hamda Jorjinyo Veynaldum (90) “qizillar”ning gollariga mualliflik qilgan bo‘lsa, “Everton”dan Maykl Kin (21) va Risharlison (45) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada “Liverpul” o‘z yuida kechgan bahsda “Everton”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, musobaqa jadvalida mutlaq yetakchilik qilayotgan Klopp jamoasi 43 ochko jamg‘ardi. “Everton” esa 14 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

APL

15-tur bahslari

4-dekabr, chorshanba

Gollar: 1:0 — 55, penalti Vardi, 2:0 — 90 Meddison

Gollar: 1:0 — 23 Dendonker, 2:0 — 86 Kutrone

Gollar: 1:0 — 6 Reshford, 1:1 — 39 Alli, 2:1 — 49, penaltiReshford

Gollar: 1:0 — 24 Abraham, 1:1 — 41 Trezege, 2:1 — 48 Maunt

Gollar: 1:0 — 22 Ingz, 2:0 — 43 Bertran, 2:1 — 65 Pukki

Gollar: 1:0 — 6 Origi, 2:0 — 17 Shaqiri, 2:1 — 21 Kin, 3:1 — 31 Origi, 4:1 — 45 Mane, 4:2 — 45 Risharlison

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют