» » APL. “Man Siti”, “Tottenhem” va “Chelsi” ham g‘alaba qozondi (video)

APL. “Man Siti”, “Tottenhem” va “Chelsi” ham g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 7-turi doirasida 28-sentabr, shanba kuni 7 ta uchrashuv yakunlandi.

Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Brayton”ni qabul qildi.

Bellashuvning 50-daqiqasida “aristokratlar” yarim himoyachisi Jorjinyo penaltidan gol urgan bo‘lsa, 76-daqiqaga kelib braziliyalik Villian hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Chelsi” o‘z uyida “Brayton”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng, “ko‘klar” ochkolari sonini 11 taga yetkazib musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Brayton” esa 6 ochko bilan 16-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni Maurisio Pochettino boshliq Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” o‘z maydonida “Sauthempton” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 24-daqiqasida “shporlar” yarim himoyachisi Tangi Ndombele Son Hyon Min uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 39-daqiqaga kelib “Sauthempton” hujumchisi Denni Ingz hisobni tenglashtirdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib London klubi yetkachisi Harri Keyn jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Bahs yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va “Tottenhem” g‘alaba qozonib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 11 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 14-pog‘onadan joy olgan “Sauthempton” hisobida esa 7 ochko mavjud.

Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” mehmonda “Everton”ni siovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “mankunianlar” a’zolari Gabriel Jezus (24), Riyad Mahrez (71) va Rahim Sterling (84) o‘z nomiga bittadan gol rasmiylashtirib qo‘ygan bo‘lsa, mezbon jamoadan Dominik Kelvert-Lyuin ham bitta golga mualliflik qildi.

O‘yin yakuniga ko‘ra, “shaharliklar” mehmonda kechgan bahsda “Everton”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qayd etish joiz, “Manchester Siti” 16 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Everton” esa 7 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.

APL

7-tur bahslari

28-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 — 33 al-G‘ozi, 1:1 — 68 Rodriges, 2:1 — 79 Makginn, 2:2 — 81 Vud

Gollar: 0:1 — 10 Yarmolenko, 1:1 — 17 King, 2:1 — 46 Uilson, 2:2 — 74 Kressuell

Gollar: 1:0 — 50, penaltiJorjinyo, 2:0 — 76 Villian

Gollar: 1:0 — 21, penalti Milivoyevich, 2:0 — 90 Taunsend

Gollar: 1:0 — 24 Ndombele, 1:1 — 39 Ingz, 2:1 — 43 Keyn

Gollar: 1:0 — 18 Doerti, 2:0 — 61, avtogol Yanmat

Gollar: 0:1 — 24 Gabriel Jezus, 1:1 — 33 Kelvert-Lyuin, 1:2 — 71 Mahrez, 1:3 — 84 Sterling

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют