» » APL. “Liverpul” Londonda “Chelsi”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)

APL. “Liverpul” Londonda “Chelsi”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 6-turi doirasida 22-sentabr, yakshanba kuni 2 ta o‘yin yakunlandi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida “Aston Villa”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida “to‘pchilar” vakillari Nikolya Pepe (59, penalti), Kelum Chembers (81) hamda Pyer-Emerik Obameyang (84) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan Jon Makginn (20) va Uesli Morayes (60) o‘z nomiga bittadan gol rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Arsenal” o‘z maydonida kechgan bahsda “Aston Villa”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Arsenal”ning ochkosi 11 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Aston Villa” esa 4 ochko bilan 18-o‘rinni band qilib turibdi.

Turning markaziy bahsida Frenk Lempard boshqaruvidagi Londonning “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuvning 14-daqiqasida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Muhammad Saloh uzatgan to‘pni “aristokratlar” darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 30-daqiqaga kelib, braziliyalik Roberto Firmino hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 71-daqiqada esa londonliklar yarim himoyachisi Ngolo Kante hisobni qisqartirdi (2:1).

Uchrashuv 2:1 hisobida “Liverpul” foydasiga yakunlandi va Klopp jamoasi o‘z hisobiga muhim 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” ochkolari sonini 18 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Chelsi” 8 ochko bilan 11-o‘rindan joy oldi.

6-tur yakuniga ko‘ra musobaqa jadvalidagi holat:

APL

6-tur bahslari

22-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 20 Makginn, 1:1 — 59, penalti Pepe, 1:2 — 60 Uesli, 2:2 — 81 Chembers, 3:2 — 84 Obameyang

Gollar: 0:1 — 14 Aleksander-Arnold, 0:2 — 30 Firmino, 1:2 — 71 Kante

“Chelsi”: Arrisabalaga, Tomori, Emerson (Alonso, 15), Kristensen (Zuma, 42), Aspilikueta, Kante, Kovachich, Maunt, Jorjinyo, Villian, Abraham (Batshuayi, 77)

Liverpul”: Adrian, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Henderson (Lallana, 84), Veynaldum, Fabinyo, Mane (Milner, 71), Firmino, Saloh (Gomes, 90)

Ogohlantirishlar: Tomori (20), Aleksander-Arnold (57), Fabinyo (78), Kovachich (84), Milner (86), Alonso (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют